Kim Yo Jong Binance hujumida Shimoliy Koreya ayblovini rad etdi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Jong KXDR Binance kriptobirjasiga qilingan kiberhujumda ishtirok etganini inkor qilib, ayblovlarni AQSh tomonidan uyushtirilgan siyosiy provokatsiya deb atadi.
Kim Yo Jong AQSh tomonidan ilgari surilgan ayblovlarni asossiz deb hisoblaydi. U Vashington o'tgan yili Bybit kriptobirjasiga qilingan hujum uchun ham Shimoliy Koreyani ayblaganini eslatdi va bu ayblovlarni mamlakat xalqaro obro'siga putur yetkazishga qaratilgan urinish deb baholadi.
Binance birjasiga 29 oktabr kuni qilingan hujumda 6,3 milliard dollarlik kriptovalyuta o'g'irlangan, bu kriptobirjalar tarixidagi eng yirik o'g'irlik hisoblanadi. AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) hujum ortida Shimoliy Koreyaning TraderTraitor xakerlik guruhi turganini ma'lum qilgan, shuningdek, bir qator tahlil kompaniyalari ham shunday taxmin qilgan.
Binance 1 noyabrdan mablag' yechib olishni bosqichma-bosqich tiklay boshlagan va foydalanuvchilarning yo'qotishlarining 95 foizini qoplagan. Muzlatilgan 2,84 milliard dollar hali birjaga qaytarilmagan. AQSh prezidenti Donald Tramp esa hukumat Shimoliy Koreyaning aybdorligini hali tekshirayotganini bildirgan.
Manba: Daryo