Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Texnologiya Bugun, 11:36 1 marta oʻqildi

Tunda quyosh nurini sotish rejasi olimlarni xavotirga solmoqda

AQShning Reflect Orbital startapi kosmik oynalar yordamida tunda yoritish loyihasini Kaliforniya choʻlida sinovdan oʻtkazdi. Astronomlar bu loyiha osmonni kuzatishga, odamlarga va tungi hayvonlarga zarar yetkazishidan xavotirda.

Kompaniya quyosh nurini orbitadagi katta oynalar orqali Yerning kerakli hududlariga yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda. Bu xizmat quyosh botgandan keyin ham buyurtma asosida yoruglik berishi kutilmoqda.

AQShning Federal aloqa komissiyasi 2026-yil 9-iyulda kompaniyaga Earendil-1 sinov sunʼiy yoʻldoshini orbitaga chiqarishga ruxsat berdi. Qaror astronomlarning eʼtirozlariga qaramay qabul qilindi. Oktyabr oyida oʻtkazilgan sinovda kuchli projektorlar yordamida togʻ yonbagʻri yoritildi, mahalliy astronomlar esa bu haqda oldindan xabardor qilinmagan.

Hududdagi yoruglik darajasi Oy nuridan ham kuchliroq boʻlgani qayd etildi. Sinov uchun ruxsat qanday rasmiylashtirilgani hozircha aniq emas. Kompaniya esa loyiha quyosh energetikasi, tungi qutqaruv ishlari va tabiiy ofatlarga tezkor javobda foydali boʻlishini taʼkidlamoqda.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid