Gazsiz hududlarda elektr me'yori 350 kVt/soatgacha oshirildi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra, issiqlik mavsumida gaz yetkazib berilmaydigan yoki yetib borish qiyin bo'lgan hududlarda elektr energiyasining bazaviy me'yori oyiga 350 kVt/soatgacha oshirildi.
Hujjat 31 oktabrda qabul qilindi va 2026-yil 1-noyabrdan kuchga kirdi. Oshirilgan me'yor 200 kVt/soatdan 350 kVt/soatgacha belgilandi, boshqa maishiy iste'molchilar uchun bazaviy me'yor 200 kVt/soatda qoladi.
Oshirilgan me'yor amal qiladigan issiqlik mavsumi hududlarga qarab farqlanadi: Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatida oktyabrdan fevralgacha, boshqa hududlarda noyabrdan fevralgacha. Issiqlik mavsumi bo'lmagan davrda bazaviy me'yor 200 kVt/soat bo'lib qoladi.
Tarifga ko'ra, bazaviy me'yor doirasida 1 kVt/soat narxi 650 so'm, me'yordan oshgan 500 kVt/soatgacha hajm uchun 900 so'm. Oyiga 350 kVt/soat sarflanganda to'lov 227,5 ming so'm bo'ladi, me'yor oshirilmaganida esa 265 ming so'm bo'lardi.
Shuningdek, 2026-yil noyabrida ehtiyojmand oilalarning ayrim toifalariga 1 mln so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam ko'rsatiladi. Yordam oluvchilar ro'yxatini shakllantirish va mablag'larni o'tkazish tartibi ham tasdiqlandi.
Manba: Gazeta.uz