Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 16:47 1 marta oʻqildi

Niderlandiyada tomoshabinlar filmni unutishi uchun gipnoz qilinadi

Niderlandiyadagi kinoteatrlar tarmogʻi 9-noyabr kuni tomoshabinlarni gipnoz qilib, ularning sevimli filmlarini unutishiga urinib koʻrmoqchi.

Tajribada qatnashish uchun tomoshabinlar “Matrix”, “Seven”, “La La Land” yoki “Interstellar” filmlaridan birini tanlashi kerak. Ishtirok etish bepul, arizalar qabul qilish 29-oktabrda yakunlangan.

Loyiha uchun 30 kishi saralanadi. Ularning har biri 30 yildan beri gipnoz bilan shugʻullanib kelayotgan gipnoterapevt Viktor Kremer bilan individual onlayn-seansdan oʻtadi. Namoyishdan oldin ishtirokchilar yana gipnoz holatiga tushiriladi.

Tashkilotchilar filmni birinchi marta koʻrgandagi his-tuygʻuni qaytarish mumkinmi-yoʻqmi, shuni sinab koʻrmoqchi. Filmni unutishning uddasidan chiqilishi yoki chiqilmasligi hali aniqlanishi kerak.

Manba: Daryo

Mavzuga oid