Xitoyda tutqunlikdagi pandalar soni 830 taga yetdi
Xitoyda tutqunlikda saqlanayotgan pandalar soni 830 taga yetdi, ularning genetik xilma-xilligi ham yaxshilanmoqda. Bu haqda 3 noyabrda Global Panda Partners 2026 konferensiyasida ma'lum qilindi.
Xitoyda 1980-yillarda 1100 ta boʻlgan yovvoyi pandalar soni hozir 1900 taga yetdi. Maxsus ekologik koridorlar ilgari ajralib qolgan 13 ta pandani umumiy populyatsiya bilan qayta birlashtirgan.
Milliy park tashkil etilganiga besh yil boʻldi. Uning Sichuan qismi taxminan 19,3 ming kvadrat kilometrni egallaydi va unda 1227 ta yovvoyi panda yashaydi. Soʻnggi besh yilda 22,6 ming gektardan ortiq yashash joyi tiklangan.
Inson faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilgan: 200 ta konchilik litsenziyasi bekor qilingan. 281 ta kichik gidroelektrostansiyadan 270 tasi tugatilgan.
Xalqaro hamkorlik ham kengaymoqda. 1990-yillardan beri Xitoy 20 ta davlatdagi 26 ta muassasa bilan birgalikda tadqiqot olib bormoqda. Hozircha xorijga jami 69 ta panda yuborilgan, bu hamkorlik natijasida chet elda 73 ta panda bolasi dunyoga kelgan.
Manba: Daryo