Toshkentda ko‘p qavatli uyda narkolaboratoriya fosh etildi
Toshkentning Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uy xonadonida noqonuniy narkolaboratoriya faoliyati aniqlandi. Xonadonni ijaraga olgan 24 yoshli shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish chorasi qo‘llandi.
DXX xabar berishicha, tezkor-qidiruv tadbiri davomida xonadonni ijaraga olgan shaxs sintetik giyohvand moddalarni tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘lgan.
Holislar ishtirokida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirishda tarqatishga tayyorlangan zip-paketlardagi giyohvand vositalar, elektron tarozi, miksер, shprislar, shuningdek, 1000 tadan ortiq bo‘sh paket va flakon topilgan.
Xonadondan yana 3,5 kilogramm gashish moyi, 600 gramm gashish, 200 gramm marixuana hamda giyohvand modda saqlagan 8 dona pechenye olingan.
Shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 276¹-moddasi (noqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
Manba: Daryo