Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

AD Ports Group va HYT Capital qoʻshma korxona tashkil etdi

AD Ports Group va HYT Capital Oʻzbekistonni mintaqaviy savdo va logistika markaziga aylantirish maqsadida qoʻshma korxona tashkil etdi. Korxona eksport hajmini oshirish va logistika xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.

Qoʻshma korxonaning ustuvor yoʻnalishlari milliy raqamli savdo platformasini ishlab chiqish, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish hamda yuklarni birlashtirish, saqlash, qayta ishlash va taqsimlash infratuzilmasini yaratishdan iborat. Faoliyatning asosini eksport va import yuk tashuvlarini muvofiqlashtirilgan holda tashkil etish tashkil etadi.

Raqamli platforma eksportchilar, importchilar, tashuvchilar, terminallar va davlat xizmatlarini yagona muhitda birlashtirishga moʻljallangan. Platformani «Yagona darcha» xizmatlari bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan, ma'lumotlarni himoya qilish va milliy nazoratni saqlash esa asosiy tamoyil sifatida belgilangan.

Transport yoʻnalishlari Oʻzbekistonni Xitoy, Markaziy Osiyo, Yevropa, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq bilan bogʻlaydi. Ustuvor yoʻnalishlar qatorida Yevropaga Oʻrta koridor, Afgʻoniston orqali Pokiston portlariga va Hind okeaniga chiquvchi janubiy yoʻnalishlar hamda BAA orqali Fors koʻrfazi bozorlari bor.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid