QazMunayGaz: tasdiqlangan neft zaxiralari 45 yildan ortiq yetadi
Qozogʻiston “QazMunayGaz” kompaniyasi raisi Asxat Xasenov tasdiqlangan neft zaxiralari 785 million tonnaga teng ekanini ma’lum qildi. Yiliga 26 million tonna qazib olinsa, bu 45 yildan ortiq vaqtga yetadi.
Hisob-kitoblarni soddalashtirish uchun kompaniya zaxiralarni 800 million tonnagacha yaxlitlamoqda. Xasenovning aytishicha, “QazMunayGaz” o‘z ulushiga ega bo‘lgan har bir konning zaxiralarini texnik va iqtisodiy jihatdan baholaydi, bu zaxiralar davlat komissiyasi tomonidan ham tasdiqlanadi.
Kompaniya geologik qidiruv ishlarini davom ettirmoqda va resurs bazasini to‘ldirmoqda. Yangi neft oqimlari aniqlansa, ular darhol zaxiraga qo‘shiladi.
Ta’kidlanishicha, gap mamlakatning barcha zaxiralari haqida emas, balki faqat “QazMunayGaz” zaxiralari haqida bormoqda. Fevral oyida Geologiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Qanat Yerubayev davlat balansida 4 milliard tonnadan ortiq neft zaxirasi borligini, qazib olish sur’ati saqlansa, bu taxminan 50 yilga yetishini aytgan edi.
Manba: Daryo