Qurilish mojarolari: eskrou hisobvaraqlari tizimi taklif etildi
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi bir qator qurilish kompaniyalari faoliyati bilan bog‘liq muammolarga rasmiy munosabat bildirdi. Qo‘mita xaridorlarning pullarini qaytara olmasligini yo‘l qo‘yib bo‘lmas holat deb baholadi.
Qo‘mita so‘nggi kunlarda uy-joylarni topshirish muddatlarining buzilishi, xaridorlarga mablag‘ qaytarilmasligi va bir qator kompaniya rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilishi jamoatchilikda keng muhokamaga sabab bo‘layotganini qayd etdi.
Muammolarning oldini olish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasi asosida eskrou hisobvaraqlari tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra xaridorlarning mablag‘lari maxsus bank hisobvaraqlarida saqlanadi va qurувchilarga belgilangan shartlar bajarilgandan keyin o‘tkaziladi.
1-noyabr kuni Imarat Development kompaniyasiga nisbatan firibgarlik va mansabdor shaxslarning vakolatini suiiste’mol qilish belgilari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi. 2-noyabrda loyiha egasi Marat Hamdamov ushlangani xabar qilindi; “Kun.uz” ma’lumotiga ko‘ra, u gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.
Daryo nashri 2025 yil dekabr oyida ushbu kompaniya bilan bog‘liq uy-joy mojarosi yuzasidan surishtiruv e’lon qilgan edi.
Manba: Daryo