Dushanba, 2-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Tokioda oʻgʻirlangan 291 ming dollarlik soat pochta orqali qaytdi

Tokioda oʻgʻirlangan 291 ming dollarlik Audemars Piguet soati yakshanba kuni pochta orqali doʻkonga qaytarib yuborildi.

Joʻnatmada soat va uzr soʻralgan xat boʻlgan. Soatdagi identifikatsiya raqami avvalroq oʻgʻirlangan modelga mos kelgan, koʻzga tashlanadigan shikastlanishlar esa aniqlanmagan.

Oʻgʻirlik payshanba kechqurun sodir boʻlgan: oʻzini xaridor sifatida tanishtirgan noma’lum erkak soatni taqib koʻrgan, doʻkonda 8 daqiqa boʻlgach, uni chap qoliga taqib olib ketgan. Polisiya joʻnatuvchi ismi koʻrsatilganiga qaramay, xatning soxta boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bu savdo markazida soʻnggi bir necha oy ichida sodir etilgan ikkinchi oʻgʻirlik. Avgust oyida ikki nafar chililik umumiy qiymati 1,2 million dollarlik toʻrtta soatni oʻgʻirlagan, keyinroq ular qoʻlga olingan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid