Dushanba, 2-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 18:34 1 marta oʻqildi

Toshkentda bir litr ichimlik suvi narxi — 1 soʻm 40 tiyin

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ mas'ullari 30 oktabr kuni matbuot anjumanida Toshkentda aholiga yetkazilayotgan ichimlik suvining bir litri narxi 1 soʻm 40 tiyin ekanini maʼlum qildi.

Taqdim etilgan ma'lumotga ko'ra, Toshkent shahri ichimlik suvi tarifi bo'yicha respublikada eng arzon hudud hisoblanadi: kubometri uchun 1 ming 400 soʻm, bu tarif 2023 yil 15 dekabrdan beri o'zgarmagan. Mamlakat bo'yicha o'rtacha tarif esa kubometri uchun 4 ming 217 soʻm, eng yuqori tarif Surxondaryo viloyatida qayd etilgan — 6 ming 800 soʻm.

Mas'ullarning tushuntirishicha, narxlardagi farq tabiiy sharoit, relyef va suv manbasining joylashuviga bog'liq. Tog' oldi hududlarida suv manbalari yaqin, shuning uchun olish va tozalash arzonroq. Cho'l hududlarida esa suv uzoq masofadan quvurlar orqali keltiriladi, bu esa elektr energiya sarfini oshiradi.

Shu bilan birga, aholining ichimlik va oqava suv bo'yicha qarzdorligi 430,7 mlrd soʻmga yetgan, shundan Toshkent shahriga to'g'ri keladigani 92,9 mlrd soʻm. Qonunga ko'ra, to'lovlar har oyning 10-sanasigacha 100 foiz oldindan amalga oshirilishi kerak. Joriy yilning o'tgan davrida qarzdorlikni undirish uchun 167 783 ta ariza notarius idoralariga va sudlarga kiritilgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid