Bepul dorilar soni 2027-yildan 73 taga yetadi
2027-yildan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida bepul beriladigan dorilar soni 60 tadan 73 taga oshiriladi. Shuningdek, aholiga 36 turdagi laboratoriya tahlili va diagnostika xizmatlari bepul koʻrsatiladi.
Bu haqda Dunyo axborot agentligi Azzaman nashrida chop etilgan maqolaga tayanib xabar berdi. Maqolada qayd etilishicha, choralar Prezident Shavkat Mirziyoyevning sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uchrashuvida eʼlon qilingan.
Islohotlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini kengaytirish, kasalliklarni erta aniqlash va davolash xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan. Oilaviy poliklinikalar faoliyati takomillashtiriladi, yangi laboratoriyalar tashkil etiladi, shifokor va hamshiralar malakasi oshiriladi. 2027-yilda yangi tizim yana 15 ta tumanda joriy etilishi rejalashtirilgan.
Saraton va yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash dasturlari kengaytiriladi. Maqsad — bu kasalliklar sabab boʻladigan erta oʻlimni 15 foizga kamaytirish. Dastur uchun 200 milliard soʻm ajratiladi.
Tibbiy xodimlarni gʻaylatlantirish maqsadida «Eng yaxshi shifokor» va «Eng yaxshi hamshira» tanlovlari tashkil etiladi. Gʻoliblarga 100 million soʻm miqdorida mukofot beriladi, 2027-yilda esa viloyat bosqichi gʻoliblari elektromobillar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.
Manba: Kun.uz