Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Yashnobodda Lixiang L9 urib yuborgan piyoda halok boʻldi

Toshkentning Yashnobod tumanida Lixiang L9 avtomobili yoʻlning belgilanmagan qismida kesib oʻtayotgan 39 yoshli piyodani urib yuborgan. Piyoda voqea joyida halok boʻlgan.

Hodisa 3-noyabr kuni soat 17:45 atrofida TXAY koʻchasidagi «Qoʻyliq» qurilish bozori qarshisida roʻy bergan.

Avtomobilni 22 yoshli haydovchi boshqargan. Piyoda yoʻlning ruxsat etilmagan joyidan oʻtayotganda urilgan.

Olgan jarohatlari tufayli 39 yoshli fuqaro hodisa joyidayoq vafot etgan. Holat yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid