Dushanba, 2-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 17:34 1 marta oʻqildi

Bolgariyada birinchi ayol prezident saylandi

Bolgariyada prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Iliyana Iotova gʻalaba qozondi va mamlakat tarixida birinchi marta saylangan ayol prezident boʻldi.

Markaziy saylov komissiyasining yakuniy natijalariga koʻra, Iotova va vitsePrezidentlikka nomzod Valchev juftligi 57,58 foiz (taxminan 1,1 million ovoz) toʻpladi. Raqibi Andrey Gyurov va Georgi Kandev juftligi 39,47 foiz ovoz oldi, 2,95 foiz saylovchi esa «Hech kimni qoʻllamayman» variantini tanladi. Davomat past boʻlgan.

Birinchi bosqich 25 oktyabrda boʻlib, unda hech bir nomzod gʻalaba uchun yetarli ovozni ololmagan. Iotova 34,6 foiz, Gyurov 32 foiz ovoz olgach, ikki juftlik 1 noyabrdagi ikkinchi bosqichga chiqqan.

Iotova yanvarda prezident Rumen Radev istefoga chiqqach, davlat rahbari vazifasini boshlagan edi. Radev parlament saylovida gʻalaba qozongan va tahlilchilar uning partiyasini Kremlga xayrixoh deb hisoblaydi. Radev saylovda Iotovani qoʻllab-quvvatlagan. Ikkala siyosatchi ham Ukrainadagi urushni diplomatik yoʻl bilan tugatishga chaqirgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid