Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Sport Bugun, 10:27 1 marta oʻqildi

Emeri «Barselona»dan 6:1 hisobida yutqazgan o‘yinini esladi

«Aston Villa» bosh murabbiy Unai Emeri 2017-yilda «PSJ»ning Chempionlar Ligasi 1/8 final o‘yinidagi 6:1 hisobli mag‘lubiyatini esladi. U o‘sha paytda futbolda VAR yo‘qligi jamoaga zarar yetkazganini aytdi.

Emeri «Barselona»ga qarshi o‘yindan oldin o‘sha uchrashuvdan ko‘p saboq olganini ta’kidladi. U murabbiylikni 2004-yildan boshlagani va uning jamoalari 17 yildan beri Yevropa klub musobaqalarida qatnashayotganini eslatdi.

2017-yil 8-mart kuni «Barselona» 1/8 final bo‘yicha birinchi o‘yinda 0:4 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, qaytish o‘yinida 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga o‘tgan. Bu futbol tarixidagi eng yirik qaytishlardan biri hisoblanadi. O‘sha mavsumda «PSJ»ni Emeri boshqargan.

«Aston Villa» Chempionlar Ligasining 4-turida safarda «Barselona»ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 3-noyabrdan 4-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid