Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Lutfulla To‘rayev yoshi sun’iy kamaytirilganini tan oldi

Oʻzbekiston milliy jamoasining sobiq aʼzosi Lutfulla Toʻrayev “90 minut” podkastida haqiqatda 1987-yilda tugʻilganini, pasportdagi yil esa 1988 ekanini aytdi.

Podkastda u 2004-yilda Islom Ahmedov boshchiligidagi terma jamoaga 1988-yilda tugʻilgan futbolchilar chaqirilganini eslatdi. Uning soʻzlariga koʻra, oʻzi 1987-yilda tugʻilgan, ammo yoshi bir yilga kamaytirib yozilgan.

Toʻrayev maktabga 6 yoshida borgani va 1986-yilda tugʻilganlar bilan birga oʻqiganini ham aytdi. Bu qarorni, uning soʻzicha, aynan oʻsha vaqtda mas’ul shaxslar qabul qilishgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid