Osiyo Kubogi 2027-yil dekabr – 2028-yil yanvar oylariga koʻchirildi
Saudiya Arabistonida oʻtkaziladigan Osiyo Kubogi futbol musobaqasi boshqa sanaga koʻchirildi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi xabar berdi, sabab sifatida Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat koʻrsatildi.
Avvalroq musobaqa 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Endi u 2027-yil 23-dekabridan 2028-yil 21-yanvarigacha boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi musobaqaning «B» guruhida ishtirok etadi. Guruh bosqichida u Bahrayn, Shimoliy Koreya va Iordaniya terma jamoalari bilan bahslashadi.
Manba: Daryo