FIFPro “Yil jamoasi” uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi
Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFPro) “Yil jamoasi” uchun 26 nafar futbolchidan iborat nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatga 3 nafar darvozabon, 8 nafar himoyachi, 7 nafar yarim himoyachi va 8 nafar hujumchi kiritilgan. Darvozabonlar orasida Tibo Kurtua, Emiliano Martines va David Raya bor.
Nomzodlar orasida Lionel Messi, Kristiano Ronaldu, Kilian Mbappe va Lamin Yamal ham tilga olingan. Ro‘yxatda Erling Holand, Xarri Kein va Jude Bellingem kabi futbolchilar ham bor.
Manba: Daryo