Dushanba, 2-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Kamishevaxada aviabomba zarbasi: 18 kishi halok bo‘ldi

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatidagi Kamishevaxa posyolkasiga aviabombalar bilan zarba berdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, hujum natijasida 18 kishi halok bo‘lib, 5 kishi yaralangan.

Zelenskiyning ma’lumotiga ko‘ra, hujum gumanitar yordam tarqatilayotgan maktabga qaratilgan. Shu yerda mahalliy aholiga insonparvarlik yordami berilar edi.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, birinchi zarbadan keyin odamlar yashiringan boshpanaga yana to‘qqizta aviabomba tashlangan. U Rossiya harbiylari aholining bu yerda har hafta yordam olishini bilmasligi mumkin emasligini ta’kidladi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, zarbadan so‘ng 27 kishi bedarak yo‘qolgan. Zelenskiy bu hujum Rossiyaning vaziyatni yumshatish va tinchlikka erishish niyatida emasligini ko‘rsatayotganini aytdi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid