Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 10:38 1 marta oʻqildi

Floridada qulagan samolyotda 20 yoshli uchuvchi ham bo‘lgan

AQShning Floridasida 1-noyabr kuni Learjet 60 xususiy samolyoti qulab tushib, 9 kishi halok bo‘ldi. Uchuvchilardan biri 20 yoshli Natalya Filgeiras ekani ma’lum bo‘ldi.

Halokat sodir bo‘lgan joy AQSh prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lago qarorgohidan taxminan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan. Filgeiras 17 yoshida uchuvchilik litsenziyasini olgan, tijorat aviatsiyasida to‘qqiz oy ishlagan va jami 1 300 soat parvoz qilgan. Qiz yanvar oyida 21 yoshga to‘lishi kerak edi.

Qarindoshining aytishicha, u halokatdan 10 daqiqa oldin yigitiga qisqa xabar yuborib, samolyot kuchli silkinayotgani va muzlayotganini yozgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda samolyot katta tezlikda, deyarli tik holatda yerga urilgani ko‘rinadi. Zarba natijasida halokat joyida katta krater hosil bo‘lgan.

Halokatdan oldin ekipaj dispetcherlarga o‘rtacha turbulentlik va muzlash haqida xabar bergan. Bortda ikki uchuvchidan tashqari texnologik kompaniya rahbari Adam Robinson, uning rafiqasi Helen Sharp, 4 va 2 yoshli farzandlari, bolalar enagasi hamda oilaning do‘stlari bo‘lgan. Multimillioner oilasi ham halok bo‘lgani aytilmoqda.

Manba: Daryo

Mavzuga oid