Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Olimlar: inson ta'siridagi isish yangi muzlanishni to'xtatgan bo'lishi mumkin

Shimoliy Amerikadagi qadimiy muz qoplami qoldigʻi taxminan ikki ming yil avval yana kengaya boshlagan. Olimlar buni keyingi muzlanishning dastlabki bosqichi deb baholamoqda.

Science jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotda Kolumbiya universiteti olimi Nikolas Yang va uning hamkasblari Kanadaning Barns muzligini oʻrgangan. Bu muzlik Baffin Yeri orolida joylashgan boʻlib, maydoni taxminan 6 ming kvadrat kilometr.

Mualliflarning fikricha, inson ta'siri boʻlmaganda muzliklar kengayishda davom etishi va sayyora asta-sekin yangi muzlanish tomon harakatlanishi mumkin edi. Biroq 1960-yillarga kelib global isish tufayli muzlik yana qisqara boshlagan.

Olimlar muz qoplamining dastlabki qayta oʻsishini yangi muzlanish boshlanishi deb hisoblashni taklif qilmoqda. Ularning hisob-kitoblariga koʻra, sezilarli sovuqlik uchun minglab yil, Lavrentiy muz qoplamining butun qitʼa boʻylab avvalgi hajmiga qaytishi uchun esa taxminan 30 ming yil kerak boʻlgan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid