Floridada samolyot halokati: milliarder oilasi halok boʻldi
1-noyabr kuni Floridaning Palm-Bich okrugida Learjet 60 xususiy samolyoti halokatga uchradi. Bortdagi toʻqqiz kishi, jumladan, IT-tadbirkor Adam Robinson va uning oilasi halok boʻldi.
Samolyot Texasning Ostin shahridan uchib, Bahama orollari tomon yoʻl olgan edi. Halokat chogʻida u AQSh prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lago qarorgohidan taxminan 10 kilometr uzoqlikda, avtomagistral yoqasiga qulagan. Yerdagi avtomobil haydovchisi ham jabrlangan.
Bortda IT-tadbirkor, milliarder Adam Robinson, uning rafiqasi Helen Sharp va ikki farzandi – toʻrt yoshli Emma hamda ikki yoshli Charli boʻlgan. Shuningdek, enaga va oilaning ikki doʻsti ham uchayotgan edi. Robinson Retention.com va RB2B dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga asos solgan, ularda bosh direktor boʻlib ishlagan.
Ekipajda ikki uchuvchi bor edi: 55 yoshli tajribali kapitan Jeff Gregori va ikkinchi pilot Nataliya Figeyras. Ayrim manbalarga koʻra, Figeyras 20 yoshda, boshqalarga koʻra 21 yoshda boʻlgan. U 17 yoshida litsenziya olgan va 1300 soat parvoz tajribasiga ega edi.
Parvoz murakkab ob-havo sharoitida amalga oshirilgan. Ekipaj dispetcherdan balandlikni oshirishga ruxsat soragan va olgan, biroq yarim daqiqa oʻtib favqulodda holat haqida xabar bergan. Shundan soʻng samolyot keskin va nazoratsiz tarzda pastga tushgan.
Manba: Kun.uz