Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Aholi sezgan yillik inflyatsiya sentabrda 9,2 foizga yetdi

Markaziy bank sentabr oyi uchun o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, aholi sezgan yillik inflyatsiya 9,2 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich avgust oyiga nisbatan biroz pasaygan.

Eng ko‘p narx o‘sishini pensionerlar sezgan: ularning fikricha, so‘nggi 12 oyda narxlar 12,5 foizga oshgan. Umumiy ovqatlanish sohasi xodimlari esa nisbatan past, 8,2 foizlik inflyatsiyani sezgan.

Hududlar kesimida Toshkent shahrida sezilgan inflyatsiya eng yuqori (11,9%), Namangan viloyatida esa eng past (7,9%) bo‘lgan. So‘ralganlar eng ko‘p narx oshgan mahsulotlar sifatida go‘sht va sut mahsulotlarini, benzin va yoqilg‘ini, elektr va tabiiy gazni, shuningdek yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatgan.

Milliy statistika qo‘mitasi sentabr oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiyani 6,4 foiz deb baholagan. Markaziy bank so‘rovi natijalariga ko‘ra, aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari 8,7 foizga, tadbirkorlarniki esa 9,2 foizga teng bo‘lgan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid