To‘qayev “Matbuot erkinligi kushandalari” ro‘yxatiga kiritildi
“Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti 2026 yil uchun jurnalistlarga bosim o‘tkazgan shaxs va tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham kiritildi.
Ro‘yxat “Matbuot erkinligi kushandalari” deb nomlangan. Tashkilot unda ommaviy axborot vositalariga qarshi qo‘llaniladigan usullarni, jumladan, qotilliklar, qamoq jazolari, obro‘sizlantirish, tashviqot va internetdagi troll armiyalarini sanab o‘tgan. Ro‘yxatda Donald Tramp, Vladimir Putin va Rajab Tayyip Erdo‘g‘on ham bor.
Tokayev “Huquq” toifasiga kiritilgan. Tashkilotning fikricha, bu toifadagi shaxslar asossiz sud jarayonlarini qo‘zg‘atish orqali jurnalistlar va OAVning faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.
RSF ro‘yxatni antireyting deb ta’riflagan va u mutlaq xolislikka da’vo qilmasligini bildirgan. Ro‘yxat Jahon matbuot erkinligi indeksidan farqli ravishda, matbuot erkinligi yomonlashishiga mas’ul deb topilgan aniq shaxs va tashkilotlarni ko‘rsatadi.
Manba: Daryo