Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Eron televideniyesi yadroviy zarba holatida aholiga yoʻriqnoma berdi

Eron davlat televideniyesi mamlakatga yadroviy zarba berilgan taqdirda fuqarolar qanday harakat qilishi kerakligi haqida tavsiyalar e'lon qildi. Bu AQSh Eronga yadroviy zarba berishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yuz berdi.

Yoʻriqnomada yorugʻ chaqnashga qaramaslik, panaga yashirinish va yerga yotib bosh hamda yuzni yopish tavsiya etilgan. Portlash toʻlqini oʻtgach, eng yaqin binoga kirish, tomosha qilish yoki suratga olish uchun toʻxtamaslik kerakligi ham aytilgan.

Tavsiyalarda terini iliq suv va sovun bilan yuvish, kamida 24 soatga suv va qadoqlangan oziq-ovqat zaxirasi bilan boshpanada qolishga tayyor boʻlish zarurligi qayd etilgan. Shuningdek, 24 soatdan keyin atrof-muhitni xavfsiz deb hisoblamaslik va rasmiy eʼlonlarni kuzatib borish talab qilingan.

Bu orada jurnalist Tucker Karlson 2-noyabr kuni X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Trump maʼmuriyati Netanyahu bosimi ostida bir necha kun ichida Eronga yadroviy zarba berishi mumkinligini yozgan. Uning taxminicha, nishon Pikaks togʻi boʻlishi mumkin, chunki Isroil razvedkasi Tehron bu hududda uran boyitish dasturini qayta tiklaganini tasdiqlagan.

Siyosiy tahlilchi Vali Nasr bunday qarorni ogʻir ayblov deb baholab, «Agar bu rost boʻlsa, AQSh maʼmuriyati uchun juda ogʻir ayblovdir», dedi. AQSh prezidenti esa yaqinda Eron obyektlariga zarba berish haqida shama qilgan boʻlsa-da, muzokaralar yaxshi ketayotganini ham aytgan. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining maʼlumotiga koʻra, 1-noyabr kuni Dohada Qatar bilan muzokaralar davom etgan, ammo yakuniy kelishuvga hali erishilmagan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid