Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Buxoroda xonadon poydevori ostidan 2,9 kilo marixuana topildi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi xonadonda 2 kilo 875 gramm marixuana aniqlandi. Holat yuzasidan Bojxona qoʻmitasi jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Bojxona qoʻmitasi xabariga koʻra, kuzatuvga olingan fuqaroning yashash joyi holislar ishtirokida belgilangan tartibda koʻzdan kechirilgan. Tekshiruv chogʻida xonadon poydevorining ostki qismiga koʻmib qoʻyilgan giyohvand modda topilgan.

Topilgan marixuananing umumiy ogʻirligi 2 kilo 875 gramm boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan Bojxona organlari jinoyat ishi qoʻzgʻatdi, hozirda tegishli tergov organlari dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Samarqandda dala maydonida yashirilgan 55 kilodan ortiq narkotik aniqlangan edi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid