Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Artemida-2 raketasi uchirilishi ionosferada teshiklar hosil qilgan

NASAning “Artemida-2” missiyasi doirasida uchirilgan SLS raketasi Yer ionosferasida har biri 5000 kilometrga yetadigan ikkita teshik hosil qilgani aniqlandi. Bu Yerdagi GPS navigatsiyasida vaqtinchalik uzilishlarga olib kelgan.

Tadqiqotchilar “Artemida-2” missiyasi doirasida fazoga chiqarilgan SLS raketasi parvozini tahlil qilgan. Ularning xulosasiga ko‘ra, raketa uchirilishi paytida ionosferada ikkita katta teshik paydo bo‘lgan.

Birinchi teshik raketaning asosiy bosqichi, ikkinchisi esa yuqori bosqich dvigatellari yonishi natijasida hosil bo‘lgan. Hodisa parvozdan bir soat o‘tib, taxminan 185 kilometr balandlikda qayd etilgan.

Ionosferadagi erkin elektronlar konsentratsiyasining o‘zgarishi GPS signallarining vaqtinchalik buzilishiga olib kelgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bu buzilishlar SpaceX Starship sinovlaridagidan 10 baravar kuchliroq bo‘lgan.

Bunday xatoliklar haydovchisiz avtomobil va dronlarni yo‘ldan adashtirishi mumkin. Tadqiqot mualliflari bu ma’lumotlar kelgusidagi Oy va Mars missiyalarini rejalashtirishda hisobga olinishi zarurligini ta’kidlamoqda.

Manba: Daryo

Mavzuga oid