Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

“Manchester Yunayted” 0:2 hisobidan qaytib, “Roma”ni yengdi

Chempionlar Ligasining umumiy bosqich 4-turida “Manchester Yunayted” uy maydonida “Roma”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Mehmonlar hali 17-daqiqada 2:0 hisobida ustunlik qilib turgan edi.

Uchrashuvning boshidanoq tashabbusni qo‘lga olgan “Roma” 11-daqiqada Matias Soule, 17-daqiqada Donell Malen orqali ikki gol urdi.

Tanaffusdan keyin “Manchester Yunayted” o‘yinni butunlay o‘zgartirdi: 58-daqiqada Bruno Fernandesh farqni qisqartirdi, 83-daqiqada Matheus Kunya hisobni tenglashtirdi. 86-daqiqada o‘sha futbolchi g‘alabali golni kiritdi.

Natijada “Manchester Yunayted” uy maydonida muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid