Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Opta reytingi: “Arsenal” dunyo klublari orasida birinchi o‘rinda

Opta nashri dunyoning eng kuchli futbol klublari reytingini yangiladi. Unda London “Arsenal” 100 ball bilan yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinni 98,9 ball bilan Myunxenning “Bavariya” jamoasi egalladi. Uchlikni “Manchester Siti” (97,3) yakunladi, undan keyin “Barselona” (97,0) va Chempionlar ligasining joriy g‘olibi “PSJ” (96,8) qayd etilgan.

Yuqori o‘ntalikda, shuningdek, “Real” (95,9), “Liverpul” (95,3), “Brayton” (95,1), “Chelsi” (93,8) va “Aston Villa” (93,6) ham o‘rin olgan.

Reytingga 13 500 dan ortiq erkaklar va 2 500 dan ziyod ayollar futbol jamoasi kiritilgan. Klublar kuchi 0 dan 100 gacha ball tizimida baholanadi, bu esa turli mamlakat va liga jamoalarini solishtirish imkonini beradi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid