Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Oktyabrda yillik inflyatsiya 6,5 foizga yetdi

Statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, oktyabrda yillik inflyatsiya 6,5 foiz bo'ldi, oylik ko'rsatkich esa 0,6 foizni tashkil etdi. Narxlar oshishida oziq-ovqat mahsulotlari asosiy omil bo'ldi.

Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga qimmatlashdi. Tuxum narxi 5,2 foizga, qo'y go'shti 1,4 foizga oshdi, limon 15 foizga, uzum 7,5 foizga arzonlashdi, shakar narxi esa 2,2 foizga pasaydi.

Xizmatlar 0,6 foizga qimmatlashdi. Toshkent metrosida yo'l haqi 26,1 foizga oshdi, shahar avtobuslarida yo'lovchi tashish narxi respublika bo'yicha o'rtacha 7,1 foizga ko'tarildi. Taksi tariflari 1,3 foizga, benzin narxi 1 foizga oshdi.

Hududlarda yillik inflyatsiya 5,5 foizdan 7,4 foizgacha oralig'ida qayd etildi. Eng yuqori ko'rsatkich Toshkent shahrida, eng past ko'rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatildi. Markaziy bank avvalroq 2026 yil uchun inflyatsiya prognozini oshirgan edi, endi yillik ko'rsatkich 6,5 foiz o'rniga 7 foizgacha yetishi mumkin.

Manba: Daryo

Mavzuga oid