Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Iqtisodiyot Bugun, 13:32 1 marta oʻqildi

Oktabrda yillik inflyatsiya 6,5 foizgacha tezlashdi

Oʻzbekistonda oktabr oyida yillik inflyatsiya sentabrdagi 6,4 foizdan 6,5 foizgacha oshdi. Oy davomida narxlar 0,6 foizga koʻtarildi, deb xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida oʻrtacha 1 foizga qimmatlashdi. Eng sezilarli oʻsish tuxumda kuzatildi: oy davomida 5,2 foiz, bir yilda esa 12,7 foiz. Sut va non narxi ham oshdi.

Benzin bir oyda 1 foizga, yil davomida 19,5 foizga qimmatladi. Propan narxi bir yilda 44,7 foizga oshdi. Toshkentda metro va shahar avtobuslarida yoʻl haqi 26,1 foizga oshgani poytaxtda oylik inflyatsiyani eng yuqori — 0,9 foizga yetkazdi.

Shunga qaramay, yillik inflyatsiya oʻtgan yil oktabridagi 7,8 foiz darajasidan past boʻlib qoldi. Yil boshidan buyon istemol narxlari umumiy hisobda 4,8 foizga oshgan.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid