Goʻsht taqchilligini bartaraf etish uchun chorvachilik komplekslari quriladi
Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ichki ishlab chiqarish goʻsht talabini toʻliq qoplay olmayotganini tan oldi. Hukumat chorvachilikni rivojlantirish uchun komplekslar qurish va zotli mollar keltirishni rejalashtirmoqda.
Vazirning soʻzlariga koʻra, aholi soni va goʻsht iste'moli oshgani sari ichki ishlab chiqarish talabni qoplay olmayapti. Asosiy sabablardan biri chorvachilik uchun zarur ozuqa bazasi va infratuzilma yillar davomida yetarli darajada rivojlantirilmagani.
Prezidentning 322-sonli qaroriga muvofiq, paxta va gʻalla dalalari yonida 30–40 bosh qoramolga moʻljallangan chorvachilik komplekslari tashkil etilmoqda. Bu yil shunday komplekslar 16 ming fermer xoʻjaligining har birida quriladi.
Shuningdek, bu yil Oʻzbekistonga 841 ming bosh zotli qoramol keltirilishi, 400 ming boshdan ortiq qoʻy va echki zotlarini import qilish rejalashtirilgani aytildi. Vazir importda kasalliklar tarqalishining oldini olish muhimligini ta'kidladi.
Yaylovlarni tiklash ham rejada bor: bir gektar yaylovga kamida besh bosh toyoqli chorva toʻgʻri kelishi moʻljallangan, shuningdek, mikroʻgʻitlar berish, urugʻ sepish va dron texnologiyalaridan foydalanish ishlari olib borilmoqda. Vazirning fikricha, bu oʻzgarishlar qisqa muddatda natija bermaydi.
Manba: Gazeta.uz