Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Eddi Merfi haydagan bola: Noa Uayli muxlislariga dastxat beradi

Aktyor Noa Uayli 9 yoshida sevimli komigi Eddi Merfidan dastxat so‘raganida haydab yuborilgan. Shu voqeadan keyin u yosh muxlislarga dastxat berishni rad etmasligini aytdi.

“Saturday Night Live” shousi yulduzi Eddi Merfi bolalikdagi ashaddiy muxlisi bilan uchrashganda, bola uning ijodini maqtab, imzo so‘ragan. Avval aktyor bolaning nega uxlamaganini so‘ragan, bola takror iltimos qilgach esa uni haydab yuborgan. Bu haqda Noa Uayli “Good Hang” podkastida gapirib bergan.

Uayli o‘sha voqea tufayli hozir ham, ayniqsa to‘qqiz yoshlardagi bolalarga, dastxat berishni hech qachon kanda qilmasligini ta’kidlaydi. Uning eslashicha, o‘shanda Merfi unga “Yo‘qol bu yerdan” degan.

Ko‘p yillar o‘tib, Uaylining 10 yoshli qizi Frensis otasining tug‘ilgan kuniga sovg‘a tayyorladi: internetdan topilgan Merfi suratiga uning nomidan imzo qo‘yib berdi. Imloviy xato tufayli Uayli bu soxta ekanini payqagan, biroq sovg‘adan xursand bo‘lib, suratni ishxonasiga osib qo‘ygan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid