Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Toshkentda mushukni qiynagan yigitga 7 sutka qamoq jazosi berildi

Toshkentda qo‘shnisining mushugini qiynab, unga jarohat yetkazgan 24 yoshli yigit ma'muriy javobgarlikka tortilib, 7 sutkaga qamaldi. Sud ushbu jazoni 2-oktabr kuni tayinladi.

Voqea Shayxontohur tumanida, 28-oktabr kuni ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida sodir bo‘lgan. Mast holatdagi yigit qo‘shnisining “Simba” laqabli mushugini ushlab, bo‘g‘ib, oyog‘ini qayirgan. Veterinariya klinikasi ma'lumotnomasiga ko‘ra, hayvonning old chap oyog‘i suyagida yoriq aniqlangan.

Yigit sudda mast ekanini tan olib, mushuk bilan video olmoqchi bo‘lganini, lekin jarohat yetkazganini sezmay qolganini aytgan hamda qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan. Sud uni Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat) bo‘yicha aybli deb topdi.

Ilgari Andijonda mushukni devordan uloqtirib, buni videoga olib Instagram’ga joylashtirgan yoshlar har biri 4 mln 120 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi. Toshkent viloyatida mushuklarni qiynagan erkak esa 15 sutkaga qamalgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid