Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

AQSh Eronning Qeshm oroliga zarba bergani ma'lum qilindi

AQSh rasmiylari Hurmuz boʻgʻozidagi Eronning Qeshm oroliga zarbalar berilganini tasdiqladi. Zarbalar mudofaa maqsadida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Reuters xabariga koʻra, AQSh Qurolli kuchlari 2-noyabr kuni Qeshm orolidagi nishonlarga zarba bergan. Dastlab bu haqda The Wall Street Journal xabar bergan edi.

Rasmiylarning soʻzlariga koʻra, hujumlar cheklangan xarakterga ega boʻlib, keng koʻlamli harbiy operatsiyalarning qayta boshlanishini anglatmaydi. Bir rasmiy zarbalar Eron tomonidan AQSh obyektlariga qarshi yer-havo sinfidagi raketalar ishlatilganiga javob boʻlganini aytdi.

IRNA davlat axborot agentligi 2-noyabr kuni ertalab Qeshm orolida bir nechta portlashlar boʻlganini xabar qildi. Fox News ham manbalarga tayanib, zarbalar AQSh samolyotiga oʻq uzilganiga javoban berilganini yozdi.

Markaziy qoʻmondonlik (CENTCOM) hozircha bu hujumlar haqida izoh bermagan. Shu bilan birga, Donald Tramp oraliq saylovlardan keyin Eronga qarshi hujumlarni qayta boshlash mumkinligiga ishora qilib kelgan edi, biroq 2-noyabrdagi chiqishidan soʻng u boshqacha fikrda ekanini bildirdi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid