Paxta hosili ilk bor 5 mln tonnadan oshdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda ilk bor 5 mln tonnadan ortiq paxta yetishtirilgani munosabati bilan dehqon va fermerlarni tabrikladi.
Paxta hosildorligi 2,7 baravar oshib, gektaridan 21 sentnerdan 56 sentnerga yetgan. 2000-yilda 3 mln tonna paxta yetishtirilgan edi, ekin maydonlari esa keyingi yillarda 38 foizga qisqartirilgan.
Bu yilgi hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta terish mashinasi yordamida 30–35 kun ichida yigʻib olingan. Fermerlar paxtachilikdan 13–14 trln soʻm sof foyda olishi kutilmoqda.
Kelgusi yilda serhosil urugʻlik navlari, agrodronlar, suv va energiya tejovchi texnologiyalar hamda sunʼiy intellektdan foydalanish kengaytiriladi. Maqsad paxtachilikda oʻrtacha hosildorlikni gektaridan 65–70 sentnerga yetkazish.
Manba: Daryo