Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Demokratlar g‘alabasidan so‘ng Tesla va SpaceX aksiyalari arzonlashdi

AQSH Kongressiga oraliq saylovlarda demokratlar katta ustunlik bilan g‘alaba qozonganidan keyin Ilon Maskning Tesla va SpaceX kompaniyalari aksiyalari narxi tushib ketdi. Biržadan tashqari savdoda ikkala kompaniya aksiyalari 3,5–3,6 foizga pasaygan.

The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, biržadan tashqari savdoda Tesla aksiyalari 3,5 foizga, SpaceX aksiyalari esa 3,6 foizga arzonlashgan.

Saylov kampaniyasi davomida Mask respublikachilarga eng ko‘p mablag‘ ajratgan homiyga aylangan edi. U partiyani qo‘llab-quvvatlash uchun jami kamida 446 million dollar sarflagan. Uning biznesining asosiy qismi joylashgan Texas shtatida esa, dastlabki natijalarga ko‘ra, odatda respublikachilarga ovoz beradigan aholi bu safar demokratlarni tanladi.

XTB tadqiqotlar direktori Kethlin Bruks demokratlar g‘alabasi Tesla va SpaceX birlashish rejasini amalga oshirishni qiyinlashtirishi mumkinligini aytdi. Mask bu rejani oktyabr oyida e’lon qilgan edi. Uning fikricha, Kongress birlashuvni to‘xtata olmasa-da, qo‘shimcha tekshiruvlar orqali jarayonni sekinlashtirishi mumkin, bu esa ikki kompaniya uchun siyosiy xavflarni oshiradi.

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, demokratlar Vakillar palatasida kamida 228 o‘rinni, Senatda esa respublikachilardan kamida yettita o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ovozlarni sanash davom etmoqda. Prezident Donald Tramp respublikachilarning mag‘lubiyatiga Eron bilan urush ham sabab bo‘lganini tan oldi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid