Qozogʻiston ikkinchi AES uchun Xitoy bilan muzokara olib bormoqda
Qozogʻiston ikkinchi atom elektr stansiyasi — "Moyinqum" AESni qurish boʻyicha Xitoy Milliy atom korporatsiyasi bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda respublika energetika vaziri Yerlan Akkenjenov maʼlum qildi.
Vazirning soʻzlariga koʻra, hozirda kelishuv shartlari va qurilish muddatlari muhokama qilinmoqda. Loyihalarni 2035-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mamlakatning birinchi AESi — "Balxash" stansiyasini Olmaota viloyatida qurish koʻzda tutilgan. 2026-yil sentyabrida Rosatom kompaniyasi va "Qozogʻiston atom elektr stansiyalari" tashkiloti umumiy quvvati 2,4 GVt boʻlgan ikkita energoblok qurish boʻyicha shartnoma imzolagan, qurilish 2027-yilda boshlanishi kutilmoqda.
Shuningdek, avvalroq Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov AESlar uchun davlat strategik uran zaxirasini yaratish boʻyicha topshiriq bergan.
Manba: Daryo