Vens mag‘lubiyatni Eron urushi bilan bog‘ladi
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Respublikachilar partiyasining Kongressga oraliq saylovdagi mag‘lubiyatini Eron bilan urush oqibatlari bilan izohladi.
Vens X ijtimoiy tarmog‘idagi postida partiya tarafdorlarining umidsizlanganini tan oldi va urush haqida oldindan ogohlantirilgani, prezident Trampning ham urush mag‘lubiyatga ta’sir qilganini tan olganini eslatdi. Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida shunday deb, biroq urushni boshlash qarorini to‘g‘ri deb hisoblashini ta’kidlagan.
Vensning fikricha, sabab saylovchilarning saylovga bormagani emas: Floridada respublikachilar demokratlardan 9 foizga ko‘p ovoz bergan, bu 2024-yildagidan atigi 2 foizga kam. Uning ta’kidlashicha, asosiy muammo shundaki, ikki yil oldin Trampga va Vensga ovoz bergan ko‘pchilik bu safar demokratlarni qo‘llagan.
Vens sotsiologga tayanib, respublikachilar mamlakat bo‘yicha demokratlardan 13 foizga orqada qolishini aytdi. Partiyadan yuz o‘girgan saylovchilardan nima ularni qaytarishi mumkinligi so‘ralganda, javoblarning deyarli hammasi urushni to‘xtatish, narxlar, «Amerika birinchi» siyosati va Isroil bilan munosabatlarga borib taqalgan. Vens urushni to‘g‘ri deb hisoblaydiganlarni buni ochiq isbotlashga chaqirdi.
3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda demokratlar Kongressning ikkala palatasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi, Senatda ular kamida 54 o‘ringa ega bo‘ldi. Tramp esa ijtimoiy tarmoqda saylov byulletenida o‘z ismi yo‘qligi bilan kinoya qilib, partiyadoshlarining mag‘lubiyatini izohladi.
Manba: Kun.uz