Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Zaxaryan Rossiya terma jamoasidan chetda qolishi mumkin

“Real Sosyedad” yarimhimoyachisi Arsen Zaxaryan toʻpiq jarohati sababli Rossiya terma jamoasining noyabr oyidagioʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazib yuborishi kutilmoqda.

Futbolchining vakili Gennadiy Golubin bu haqda RIA Novosti nashriga xabar bergan. Avvalroq Zaxaryan Rossiya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan edi, biroq bosh murabbiy Valeriy Karpin uning toʻpigʻidan jarohat olganini maʼlum qilgan.

“Real Sosyedad” ham futbolchini Yevropa Ligasidagi “Lion”ga qarshi oʻyin uchun xabarnomaga kiritmagan. Golubinning soʻzlariga koʻra, Zaxaryan hozir umumiy guruh bilan mashgʻulot boshlagan, ammo tayyorgarlik uchun vaqt yoʻqotgani sababli oʻyinga kiritilmagan.

Golubin Karpinning fikrlaridan kelib chiqib, futbolchi bu safar terma jamoaga bormasligi mumkinligini aytdi, biroq Ispaniya chempionatida oʻynay olishiga ishonishini bildirdi. Joriy mavsumda Zaxaryan 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Rossiya terma jamoasi 12-noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston bilan, 17-noyabr kuni esa Krasnodarda Venesuela bilan uchrashadi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid