Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Sport Kecha, 23:02 1 marta oʻqildi

Osiyo Chempionlar Ligasi: «Nasaf» «Al-Kuvayt»ni 3:2 hisobida yengdi

«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichining 4-turida safarda «Al-Kuvayt»ga qarshi 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Bu natija jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

Birinchi bo'lim «Al-Kuvayt» uchun muvaffaqiyatli o'tdi: mehmonlar ketma-ket ikki marta gol urishdi. Ikkinchi bo'limda «Nasaf» o'yinni jonlantirdi. Bobir Abduxoliqov ikki marta, Oybek Rustamov esa bir marta gol urib, g'alabani ta'minladi.

Ushbu natijadan so'ng «Nasaf» 4 ochko bilan guruhda uchinchi o'rinni egallab turibdi. «Al-Kuvayt» 6 ochko bilan ikkinchi o'rinda.

«Nasaf» turnirdagi navbatdagi o'yinini 25-noyabr kuni o'z maydonida Bahraynning «Al-Xolidiya» klubi bilan o'tkazadi. Guruhda 1- va 2-o'rinni egallagan klublar pley-off bosqichiga yo'l oladi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid