Rossiya ayrim neft-kimyo mahsulotlari eksportini uch oyga chekladi
Rossiya hukumati Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hududidan tashqariga ayrim neft-kimyo mahsulotlarini eksport qilishni vaqtincha taqiqladi. Cheklov mahalliy sanoat korxonalarini xomashyo bilan uzluksiz ta'minlashga qaratilgan.
Vaqtincha cheklov uch oy davomida amal qiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Hukumat bayonotida qaror mahalliy sanoat korxonalarini xomashyo bilan barqaror ta'minlashni saqlab qolishga yo'naltirilganligi ta'kidlangan. Taqiq mashinasozlikda qoplamalar, oziq-ovqat qadoqlari, kabel mahsulotlari uchun izolyatsiya materiallari va tibbiyot sanoatida qo'llaniladigan moddalarga tegishli.
Hukumat aniqlashtirishicha, taqiq xalqaro tranzit, gumanitar yordam hamda Svalbard arxipelagidagi Rossiya tashkilotlariga yetkazib beriladigan mahsulotlarga nisbatan qo'llanilmaydi.
Manba: Daryo