Yanvar-sentabrda pul o'tkazmalari 15 mlrd dollardan oshdi
2026-yilning yanvar-sentabr oylarida xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari orqali O'zbekistonga 15,2 mlrd dollar kelib tushdi. Bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 9 foizga ko'p.
2024-yilning mos davriga nisbatan esa ko'rsatkich 34,6 foizga oshgan. Shu davrda O'zbekistondan xorijga o'tkazilgan mablag'lar hajmi 1,95 mlrd dollarni tashkil etgan.
Markaziy bank ma'lumotiga ko'ra, xorijga chiqarilgan mablag'lar o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 0,9 foizga yuqori, 2024-yilning 9 oyidagidan esa 5,3 foizga past. Natijada kiritilgan va chiqarilgan mablag'lar o'rtasidagi ijobiy saldo 13,2 mlrd dollarga yetgan.
2020–2025-yillar oralig'ida O'zbekistonga yuborilgan pul o'tkazmalari hajmi 3 barobarga oshgan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 8,6 foizdan 12,8 foizgacha ko'tarilgan.
Manba: Kun.uz