Suriya va Saudiya Arabistoni Ar-Riyodda bir qator kelishuvlar imzoladi
4-noyabr kuni Ar-Riyodda Suriya prezidenti Ahmad aş-Shara va Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon ishtirokida bir qator kelishuvlar imzolandi. Suriya mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi bitim eng muhimi deb atalgan, biroq uning shartlari oshkor etilmagan.
Aş-Şaraning bir oy ichida Ar-Riyodga bu ikkinchi tashrifi bo‘ldi. Suriya Mudofaa vazirligi ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasidagi bitimni barcha kelishuvlar ichida eng muhimi deb baholadi.
Tashrif davomida Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Suriyaga yengil shartlarda 403 million dollar qarz ajratishga kelishib oldi. Saudiyaning rasmiy SPA agentligi bu mablag‘lar sog‘liqni saqlash, uy-joy, fuqaro muhofazasi, energetika va ichimlik suvi tizimlarini tiklashga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.
Tomonlar mintaqadagi keskinlikni yumshatish va nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish zarurligini ta’kidladi. Ular Qizil dengiz, Bob al-Mandab va Hormuz bo‘g‘ozlarida kemachilik xavfsizligiga tahdid solayotgan barcha harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi.
Manba: Kun.uz