Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Xoland Chempionlar Ligasi golbozlari ro'yxatida 7-o'rinda

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland UEFA Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 62 taga yetkazdi. Bu natijaga u 4-turdagi “RB Leypsig” bilan o‘yinda erishdi.

Ko‘rsatilgan o‘yinda “Siti” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi, Xoland esa bitta gol urdi. Shu bilan u Chempionlar Ligasida 61 ta o‘yinda 62 ta gol urgan bo‘ldi.

Hozirda norvegiyalik hujumchi Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi golbozlar ro‘yxatida yettinchi o‘rinda turibdi. Afsonaviy Raulning ko‘rsatkichiga yetish uchun unga yana 9 ta gol yetishmaydi.

Joriy mavsumda Xoland 4 ta o‘yinda 5 ta gol urgan. “Siti” 9 ochko bilan umumiy jadvalda ham yettinchi o‘rinda turibdi. Jamoa 24-noyabrda uyida “Napoli” bilan o‘ynaydi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid