Barselona Arsenal himoyachisi Piero Inkapyeni sotib olishi mumkin
Ispaniyaning "Barselona" klubi qishki transfer oynasida "Arsenal" himoyachisi Piero Inkapyeni jamoasiga olishi mumkin. Biroq bitim amalga oshishi qiyin kechishi kutilmoqda.
Diario SPORT nashrining xabariga ko'ra, "Barselona" sport direktori Deku futbolchining atrofidagilar bilan bog'lanib, dastlabki muzokaralar o'tkazgan.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yanvarda Ekvador terma jamoasi himoyachisini qo'yib yuborishdan manfaatdor emas va uni jamoada qoldirishni rejalashtirgan. Shu sababli Inkapyening klubdan ketish ehtimoli past baholanmoqda.
O'tgan mavsumda 24 yoshli himoyachi "Bayer"da ijarada o'ynagan, o'tgan yozda "Arsenal" uning transfer huquqini 40 million yevroga to'liq sotib olgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 7 o'yinda 256 daqiqa maydonda bo'lgan, Angliya Premyer-ligasida esa atigi 46 daqiqa o'ynagan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholaydi.
Manba: Daryo