Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Sport Bugun, 12:12 1 marta oʻqildi

Argentina Messining 10-raqamini hozircha hech kimga bermaydi

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining 10-raqamli futbolkasini kelgusi do‘stona o‘yinlarda hech bir futbolchiga bermaslikka qaror qildi.

Xabarga ko‘ra, noyabr oyida Argentina Urugvay (14-noyabr) va Kosta-Rika (17-noyabr) terma jamoalari bilan ikkita do‘stona o‘yin o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvlarda 10-raqam hech kimga berilmaydi. Xabarni TyC Sports nashri tarqatgan.

Ilgari Argentina futbol federatsiyasi FIFA’dan Messining 10-raqamini ishlatmaslikni so‘ragan, ammo bu talab rad etilgan edi. Shuningdek, avvalroq 10-raqamli futbolka “Komo” klubi hujumchisi Niko Pasga berilishi mumkinligi haqida gap bo‘lgan.

Messi 7-oktyabr kuni Benin bilan o‘tgan vidolashuv o‘yinida jamoa safida qatnashdi. Argentina bu uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, Messi esa 1 ta gol urib, 2 ta assist qayd etdi. Umumiy hisobda u terma jamoa safida 208 ta o‘yinda 126 ta gol urgan va 69 ta golli uzatma bergan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid