Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Iqtisodiyot Bugun, 12:12 1 marta oʻqildi

Valyuta taklifi talabdan tezroq oʻsdi, tafovut qisqardi

2026 yil yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonda xorijiy valyutaga talab 17,9 foizga oshib, 50,4 mlrd dollarga yetdi. Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmaganda, valyuta taklifi esa 25,3 foizga oʻsib, 43,8 mlrd dollarni tashkil etdi.

Markaziy bankning toʻqqiz oy yakunlari boʻyicha sharhiga koʻra, talab va taklif oʻrtasidagi tafovut 2025 yilning shu davridagi 7,8 mlrd dollardan 6,6 mlrd dollargacha kamaygan. Shunga qaramay, Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmaganda, xorijiy valyutaga talab uning taklifidan hanuz yuqori.

Yuridik shaxslar tomonidan valyuta xaridi 39,4 mlrd dollarga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 15,3 foizga oshdi. Jismoniy shaxslarning talabi esa qariyb 11 mlrd dollarni tashkil etib, 27,9 foizga koʻpaydi.

Eksport tushumlari valyuta taklifining asosiy manbalaridan biri boʻlib qolmoqda: u 28,1 foizga oshib, 16,6 mlrd dollarga yetdi, shundan 9,5 mlrd dollari ichki bozorda sotilgan. Aholi esa tijorat banklariga 18,9 mlrd dollar sotib, 11 mlrd dollar sotib olgan; sotish hajmi xarid hajmidan 7,9 mlrd dollarga koʻp boʻlgan.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid