Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Oliy maʼlumotli xodimlar maoshi qaysi davlatda eng katta farq qiladi

IHTT maʼlumotlariga koʻra, 35 ta mamlakatda oliy maʼlumotli xodimlar oʻrta maʼlumotlilarga nisbatan oʻrtacha 54 foiz koʻproq daromad oladi. Eng katta farq Janubiy Afrika Respublikasida qayd etilgan: bu yerda ustunlik 205,8 foizni tashkil etadi.

Oliy taʼlim odatda yaxshiroq ish va yuqoriroq maosh bilan bogʻliq. Biroq bu bogʻliqlikning kuchi mamlakatlarga qarab sezilarli darajada farq qiladi.

Babak Sheikh tayyorlagan va Voronoi platformasida eʼlon qilingan infografikada IHTT maʼlumotlaridan foydalanilgan. Taqqoslashga 38 mamlakatdagi 25–64 yoshli, yil davomida toʻliq ish kuni bilan ishlagan xodimlar kiritilgan, oliy maʼlumotlilar qatoriga esa bakalavr, magistr va doktorlik darajasiga ega shaxslar, shuningdek qisqa siklli dasturlar bitiruvchilari kiradi.

Janubiy Afrikadan tashqari, Kolumbiya, Braziliya va Chilida oliy maʼlumotlilarning oʻrtacha daromadi oʻrta maʼlumotlilarnikidan ikki baravardan ko'p. AQShda bu ustunlik qariyb 70 foizni, Kosta-Rikada esa ikki baravarga yaqin farqni tashkil etadi. Norvegiyada esa farq atigi 17 foiz.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid