Xorijiy kompaniyalar 9 oyda 232,8 mlrd soʻm soliq toʻladi
Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 2026-yilning dastlabki toʻqqiz oyida 232,8 mlrd soʻm soliq toʻladi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 85 foizga koʻp.
Soliq qoʻmitasining maʼlumotiga koʻra, hisobot davrida soliq toʻlagan xorijiy kompaniyalar soni 109 tani tashkil etgan.
Soliq kodeksining 281-moddasiga binoan, bunday chet el yuridik shaxslari har chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotini taqdim etishi va soliqni toʻlashi shart.
Oldinroq maʼlum qilinganidek, yanvar–iyun oylarida 97 ta xorijiy kompaniya 143,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan edi.
Manba: Daryo